logo
. . .


27-noyabr kuni Namangan viloyati “Barkamol avlod” bolalar ijodiyoti markazida Viloyat hokimligi, Xalq ta’limi viloyat boshqarmasi, Viloyat bandlik bosh boshqarmasi hamda Yoshlar ittifoqi hamkorligida “Bo’sh ish o’rinlari” mehnat yarmarkasi o’z ishini boshladi.

Mazkur yarmarkada viloyat bo'yicha 1392 ta bo'sh ish o'rinlari taqdim etildi.

Yarmarkaning birinchi kunida turli mutaxassisliklar bo’yicha ish izlab yurgan 280 nafardan ziyod yoshlar ishtirok etdi va mavjud bo’sh ish o’rinlari bilan tanishishdi. Shu kuni 101 nafar yoshlarga o’z yo’nalishlari bo’yicha ishga joylashish uchun yo'llanmalar berildi.

Vaqtincha ishsiz yoshlarda katta qiziqish uyg’otgan “Bo’sh ish o’rinlari” mehnat yarmarkasi bugun ham o’z ishini davom ettiradi.

Agar sizda ham ushbu yarmarkada ishtirok etish istagi tug’ilgan bo’lsa, marhamat o’z imkoningizni qo’ldan boy bermang!



Ulashing:

E'lon