logo
. . .


“Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturidagi vazifalarning ijrosi yuzasidan Namangan viloyatida yoshlarga yer maydonlarini ajratish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 1604 ta fermer xo‘jaligidan 1604 nafar ishsiz yoshlarga g‘alladan bo‘shagan yer maydonlaridan takroriy ekin uchun 1269,8 gektar ajratildi. Unumdor yerlardan katta hosil olish maqsadidagi yoshlar allaqachon o‘z harakatlarini boshlab yubordilar.

Yosh fermerlar zamonaviy agrotexnikalar va yangi usullar bilan o‘zlari egalik qilayotgan dala maydonlariga bor mehrlarini berayotganliklarini ularning ish jarayonlari misolida ko‘rish mumkin.

Hozirda yoshlar tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish hamda xalqimiz dasturxonlariga to‘kinlik baxsh etish maqsadida tizimli ishlar olib borilyapti. Ularning zahmatli mehnatlariga esa faqat va faqat “hormang!” deb qolamiz.



Ulashing:

E'lon