logo
. . .


Afsuski, shunday holatlardan yana biri kuni-kecha sodir bo‘ldi. 


7-noyabr kuni Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani, “Bekobod” MFY da istiqomat qiluvchi Ma’murjon Normirzayev o‘z joniga qasd qildi. Nega? degan savolga esa aniq javob yo‘q.

Bugun mazkur ish yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tumani yoshlar ittifoqi xodimlari, Bekobod MFY raisi, profilaktika inspektori, mahallaning diniy, ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy tarbiyaviy ishlar bo‘yicha maslahatchisi, imom-xatib mahalla yoshlari, mazkur holat bilan bog‘liq fuqarolar uchun suhbat tashkil etdi.

Yig‘ilishda ko‘pni ko‘rgan nuroniylar ham ishtirok etdi. Ayniqsa, o‘smir yigit-qizlarga ushbu holat hech qachon oxirgi yo‘l bo‘lmasligi, albatta, har qanday qiyin vaziyatda ham qo‘shimcha yo‘llar bo‘lishi haqida gapirib berishdi.

Insoniyat boshiga tushgan turli musibatlar haqida to‘xtalishib, hayotning har doim ravon va tekis kechmasligi, inson o‘zining sabr, matonati bilan hamma qiyinchiliklarni yengib o‘tishi kerakligi uqtirildi.

Yoshlarni qo‘shimcha kasb-hunar o‘rganishga da’vat etishdi.

Berilgan umrning mazmuni va uni qanday o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi.



Ulashing:

E'lon