logo
. . .


“Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi ijrosi Navbahor tumanida qay tartibda amalga oshirilayotganligi bilan tanishish maqsadida yoshlar yetakchisi Qahramon Quranbayev tumandagi bolalar musiqa va sanʼat maktabiga tashrif buyurdi.

Navbahor tumanida hozirgi kunda dastur doirasida yoshlarning 683 nafari tadbirkorlik qilish istagini bildirgan.Ularning 28 ta loyihasi uchun esa 3 mlrd. 120 mln. soʻm ajratilgan.

Oʻrganish jarayonida, Davlat maslahatchisi tomonidan yoshlarning roʻyxatini shakllantirish orqali aniqlangan muammolarni bartaraf etish,har bir hududning “Yoshlar mehnat guzari”ni qurish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish, katta qiziqish bilan “biznes maydoni”ga kirib kelayotgan yoshlarning biznes gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, “Fidoyi yoshlar” guruhlarini shakllantirish kabi qatʼiy topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari, yoshlar yetakchisi “Beshrabod” MFYda joylashgan yaqin kunlarda elga xizmat qilish arafasida turgan “Yoshlar mehnat guzari” ni borib koʻrdi. Faoliyatini yoʻlga qoʻymoqchi boʻlgan ushbu guzarda tikuv sexi, goʻzallik saloni, poyafzal tikish ustaxonasi tashkil qilinadi hamda 15 nafar yoshlarning bandligi taʼminlanadi.

Shuningdek, yoshlar yetakchisi taklifiga koʻra,“Yoshlar mehnat guzari”dan alohida bir xona ajratilib, kutubxona ham tashkil etiladi. Mazkur kutubxonaga Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan 1000 dona badiiy adabiyotlar sovgʻa qilinadi.



Ulashing:

E'lon