logo
. . .


Kuni-kecha Navoiy viloyat ichki ishlar boshqarmasi, viloyat prokuraturasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining viloyat Kengashi, respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan tungi reyd o‘tkazildi.

Reyd davomida Navoiy shahridagi tungi klublarda voyaga yetmagan yoshlar spirtli ichimliklar iste’mol qilayotgani aniqlandi. Afsuski, ota-onalarning aksariyati ushbu holdan bexabar.

Voyaga yetmagan yoshlar ichki ishlar idoralariga olib kelindi.

Vaqtini bunday manzillarda, yana sarxush o‘tkazayotagn yoshlardan kelajakda nima kutish mumkin?

Yoshlar ittifoqi vakillari voyaga yetmagan yoshlar va ularning ota-onalariga tegishli tushuntirish berdi. Farzand — millatning bolasi. Uning taqdiriga befarqlik kutilmagan salbiy holatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi bo‘yicha ogohlantirish berildi.

Tadbirkorlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rildi.



Ulashing:

E'lon