logo
. . .


Navoiy viloyat idoralararo kengashi yig‘ilishida yoshlar faoliyatiga mas’ul rahbarlar natijasi sarhisob qilindi.

Davomat 91 foiz, bandlik bo‘yicha tizim yo‘q, ba’zi tumanlarda jinoyatchilik oshgan.

Yoshlar masalalari bo‘yicha Navoiy viloyat idoralararo kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig‘ilishni viloyat hokimi, idoralararo kengashi raisi Kobul Tursunov olib bordi.

Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish sohasida hokimliklar, Ichki ishlar organlari, Yoshlar ittifoqi, mahallalar va boshqa tashkilotlarning faoliyatini o‘rganish yakunlari bo‘yicha hududlarda yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan manzilli choralar belgilash yo‘lga qo‘yilmaganligi sababli Navoiy, Zarafshon shaharlarida Karmana, Navbahor, Qiziltepa tumanlarida sodir etilgan jinoyatlar tahlil qilindi va ko‘payganligi tanqid ostiga olindi.

Barcha tumanlarda uzoq muddatga chet elga chiqib ketganlar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasi shakllantirilgan bo‘lsada, migrant yoshlar kategoriyasi alohida ajratilmagan, ular bilan individual ishlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borish oqsoqlanib borayotganligi, chet eldan qaytgan hamda jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan yoshlar bilan yakka tartibda suhbatlar olib borilib, amaliy natijaga erishilmagan, ularning bandligini ta’minlash borasidagi ishlar talab darajasida emasligi ta’kidlab o‘tildi.

Davomat-ta’lim samaradorligi va sifatining asosidir. Lekin bu borada ham viloyatda davomatning 91% ekanligi achinarlidir.

Barcha hokimlar joylarda har oyda yoshlar vakillari bilan uchrashib, ochiq muloqotlarni tashkil etish, yoshlarning taklif va muammmolarini adolatli hal qilish borasida tizimli ishlar olib borilishiga alohida e’tibor berish lozimligi shart qilib qo‘yildi.



Ulashing:

E'lon