logo
. . .


Xabaringiz bor, Yoshlar ittifoqi tizimida ikki marotaba safarbarlik kunlari e’lon qilindi.

Har bir sinfda, har bir o‘quvchi sen bilan bir safda bo‘lishi shart, hurmatli Sardor!

Minglab Boshlang‘ich tashkilotlar faoliyati yaxshilandi. Tizimda faoliyat yuritayotgan ba’zi xodimlar qayta-qayta ogohlantirishlarga qaramay, vazifasini eplolmayotgani sabab vakolatidan ozod etildi. Yuzlab xodimlarga ogohlantirishlar berildi.

Sir emaski, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining asosiy bo‘g‘inlaridan biri — Sardorlar Kengashi. Bugungi kunda har-bir viloyat, tuman, shahar Kengashlarida ularning tengdoshlari bilan samarali faoliyat olib borishlari uchun alohida xonalar ajratilmoqda.

E’lon qilingan “Safarbarlik oyligi” davomida boshlang‘ich tashkilotlar va Sardorlar Kengashi faoliyatini yaxshilash masalasida amaliy ishlar qilindi.

Bu Navbahor tuman Kengashi faoliyatida yaqqolroq ko'zga tashlandi.

Masalan, tuman Kengashining ta’lim muassasalaridagi 41 ta boshlang‘ich tashkilotlar faoliyati qaytadan ko‘rib chiqilib, 7 ta namunali tarzda boshlang‘ich tashkiloti xonasi tashkil etildi.

​​

Faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan yetakchilar tajriba almashish maqsadida namunali yetakchilarga biriktirildi.

Yana bir tashabbus! Yetakchilar va sardorlar o‘z mehnatlari bilan bugun namuna ko‘rsatib, qulay, shinam xonani ta’mirlashdi.

Bugun esa ular o‘z iqtidor va tashabbuslarini namoyon etishga barcha sharoitlar yetarli...

Barakalla! Galdagi maqsad esa, belni mahkam bog‘lab, tengdoshlarini ham Yoshlar ittifoqi atrofida birlashtirish.

Har bir sinfda, har bir o‘quvchi sen bilan bir safda bo‘lishi shart, hurmatli Sardor!

Suratlarda xonaning avvalgi va hozirgi holatini ko‘rishingiz mumkin.



Ulashing:

E'lon