logo
. . .


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi yosh tadbirkorlar faoliyatini o‘rganish, ular uchun zaruriy shart-sharoitlarni ta’minlab berishda davom etadi.

Kuni-kecha Navoiy viloyati Kengashi Abdurahmon Mo‘minov raxbarlik qilayotgan “Karmana agro” firmasida bo‘lishdi.

Tadbirkor zamonaviy, so‘nggi rusumdagi Koreya texnologiyalari bilan ta’minlangan issiqxona tashkil etganining guvohi bo‘lishdi.

Yosh tadbirkor Abduraxmon Mo‘minov issiqxonasi haqida to‘lib-toshib gapirib berdi:

“Issiqxonam 3 gektar yerda joylashgan. Pomidor nihollarini palma po‘stlog‘iga o‘tqazib, tomchilab sug‘orishni yo‘lga qo‘yganman. Bu fanda ”Substrak“ usuli deb ataladi. Men ushbu yo‘nalishga qiziqqan yoshlarga ko‘mak berishga tayyorman. Faoliyatimdan qoniqaman. Men xalqni, xalq esa meni boqmoqda. Qachondir Prezidentimni ko‘rib qolsam, hammasi uchun ”Rahmat“ demoqchiman. Shaxsan men, Prezidentim kutgan kelajakni qura olaman”

Abdurahmonning shijoatiga qoyil qolgan yetakchilar navbatdagi yosh tadbirkor O‘tkirbek Murodov rahbarlik qilayotgan “Karmana xolding” korxonasiga tashrif buyurishdi.

Korxona zamonaviy eshiklar, plintuslar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Tadbirkorning kelajakdagi rejalaridan kelib chiqib, Yoshlar ittifoqi uning faoliyatini kengaytirish uchun ko‘mak beradigan bo‘ldi.

Suhbat yakunida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Karmana tuman Kengashi tomonidan yosh tadbirkorlarga a’zolik guvohnomasi taqdim etildi va kelgusida hamkorlikda faoliyat yuritishga kelishib olindi.

Yil ularniki, tabiiyki marra ham!



Ulashing:

E'lon