logo
. . .


Bugun Davlat maslahatchisi Xorazmda bir oilani uzoq yillardan buyon qiynayotgan holatga duch keldi...

Ko’p qavatli uylarda istoqomat qilayotgan aholi bilan suhbatlashgan Qahramon Quronboyevning e'tiborini O’g’iljon Yusupovaning turish-turmushi jalb etdi.

Urganch tumanidagi “Yoshlik” mahallasida yashovchi O’g’iljon Yusupova boquvchisini yo’qotgan, turmush o’rtog’ining vafotidan so’ng, oila tebratish dardida turli xildagi qo’lbola tuzlamalar sotuvini yo’lga qo’ygan.

1 xonali uyda yashovchi O’g’iljon opaning egizak farzandlari bor. Xovojon Yusupova birinchi guruh nogironi, o’gli Odamboy Yusupov, shukrki, sog’lom. O’g’iljon Yusupova harchan urinmasin, yillar davomida o'ziga munosib ish topa olmagan.

Yoshlar yetakchisi shifokorlar nazoratida turishi lozim bo’lgan Xovojonni o'sha zahoti kasalxonaga jo’natdi. Odamboyni esa musiqa maktabiga ishga joylashtirish uchun ko'rsatma berdi.

Ushbu oilaga hududda qurilayotgan namunali uy-joylardan ajratilishi bo'yicha ham amalda ko'mak berildi. Mas'ul tashkilotlar vakillari bilan kelishildi.

-Qizim kasalxonaga joylashdi, o’g’lim ishli bo’ladi xudo xohlasa. Uy-joyim ham tez orada almashadigan bo’ldi… Kredit olishda ko’mak berishlarini eshitib, juda quvondim. Yordam so’rab bormagan joyim qolmagandi. Ona sifatida qizimga qarab, bag’rim eziladi. Davlat maslahatchisi aytganidek, qizim hali eng baxtli qiz bo’ladi, - deydi O’g’iljon opa.

2 soat mobaynida o’ndan ortiq oila bilan muloqot qilgan Yoshlar yetakchisining Xorazmga safari davom etmoqda...



Ulashing:

E'lon