logo
. . .


15-may – “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan Samarqand viloyatidagi “Yoshlik” istirohat bog‘ida Samarqand viloyati hokimligi, Milliy Gvardiya Samarqand viloyat boshqarmasi, “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi, Samarqand viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi hamkorligida “Oila — muqaddas qo‘rg‘on” shiori ostida turkum tadbirlar tashkil etildi.

Tadbirlarda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining oila a’zolari,Samarqand shahrining na’munali yosh oilalari vakillari, nuroniy otaxon va onaxonlar hamda yoshlar ishtirok etishdi.

Nuroniylar oila mustahkamligi va totuvligi, o'zaro ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish, nizoli holatlarni oldini olish bo‘yicha yosh oila vakillariga maslahatlar berishdi.

Yosh oilalar vakillari yoshi ulug' otaxon va onaxonlardan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar oldilar.

Shu asnoda, oila ilmini puxta o‘zlashtirgan, mahalla-kuychilik, qo‘shnichilik udumlarini joyiga qo‘yayotgan namunali oilalarning tajribalari o‘rganildi.

“Xalqaro oila kuni”da hududlardan saralab olingan oilalar sohib-u sohibalari hamkor tashkilotlarining qimmatbaho sovg‘asi bilan taqdirlandi.

Bu, albatta, taqdirlash marosimida ishtirok etgan bir necha o‘nlab oilalarga ibrat maktabi bo‘ldi.

Tadbir davomida yosh oilalar o‘rtasida “Eng na’munali yosh oila” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilib, tanlov g‘oliblariga hamkor tashkilotlar tomonidan sovg‘alar taqdim etildi.

Istirohat bog‘ining kirish qismida kitob yarmarkasi tashkil etilib, u yerda harbiy xizmatchilar oilalari o‘rtasida kitob viktorinasi o‘tkazildi. Kitob viktorinasi natijalariga ko‘ra, 15 nafar kitobsevar harbiy xizmatchilarning oila a’zolariga badiiy kitoblar to‘plami taqdim etildi.

Shundan so‘ng, viloyatning taniqli shoirlari va havaskor yoshlari tomonidan oila mustahkamligiga bag‘ishlangan ijod na’munalari taqdim etildi.

Tadbir so‘ngida, viloyatning taniqli san’atkorlari va havaskor yoshlar ishtirokida konsert dasturi tashkil etildi.



Ulashing:

E'lon