logo
. . .


Joriy yilning 11 mart kuni Namangan viloyati “Yoshlar markazi”da O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K.Kamilov ishtirokida Namangan viloyati yoshlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Ushbu ochiq muloqot O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamda tegishli mutasaddi tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Ochiq muloqotda 350 nafar oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalari talaba-o‘quvchilari, ichki ishlar organlari profilaktik hisobida turuvchi voyaga yetmaganlar, avf etilgan va sud zallaridan kafillikka olinib ozod qilingan yoshlar hamda uyushmagan yoshlar ishtirok etdilar.

Muloqotda faol ishtirok etgan yoshlar 30 dan ortiq muammolar bo‘yicha fikr bildirdilar, bundan tashqari turli konstruktiv savol va takliflar ham bildirildi. Maqsadi mamlakatimizda olib borilayotgan sud-huquq tizimidagi islohotlarning mazmun-mohiyatini yoshlar ongiga singdirish, yoshlarimiz o‘rtasida uchrayotgan huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlarining oldini olish, ularni mamlakatimizda qabul qilingan qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, yoshlarda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishdan iborat bo‘lgan ushbu ochiq muloqotdan ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Bundan tashqari, ochiq muloqot doirasida yosh hunarmandlarning mahsulotlari, yosh rassomlar ijod mahsullari, yosh innovatorlarning ishlanmalari ko‘rgazmasi tashkil etilgani yoshlarga juda manzur bo‘ldi va ushbu tadbir www.yi.uz sayti va “Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritildi hamda mahalliy va respublika miqyosidagi OAVlarda namoyish etildi.



Ulashing:

E'lon