logo
. . .


“Open Data Challenge” ilovalarni, ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda, ishlab chiqish bo’yicha tanlov tashkilotchilari 2017- yilning 10-noyabridan boshlab ishtirokchilardan arizalar qabul qilishni boshladi.

“Open Data Challenge”  – bu ochiq hukumat ma’lumotlariga asoslangan mahsulotlarni tez ishlab chiqish bo’yicha musobaqa bo’lib, u O’zbekiston uchun nisbatan yangi bo’lgan ochiq ma’lumotlar g’oyasini targ’ib etishga qaratilgan.

Hakatonning asosiy vazifasi Ochiq ma’lumotlar portali (data.gov.uz) va O’zbekiston davlat organlari veb-saytlarida joylashtirilgan, hamda xususiy sektor tomonidan taqdim etilgan ochiq ma’lumotlar orasida ijtimoiy va innovatsion ilovalar hamda xizmatlar yaratishdir.

Mazkur tanlov O’zbekiston Respublikasi axborot Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahridagi Inha universiteti, O’zbekistondagi BMTTD vakolatxonasi, Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi elchixonasi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi, “Elektron Hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va “UZINFOCOM” markazlari tomonidan tashkil etildi.

“Open Data Challenge” Hakatonida ishtirok etishni istaganlar 2017-yilning 24-noyabr kuniga qadar  https://data.gov.uz/uz/hackathon/register saytida ro’yxatdan o’tishlari lozim.

Hakatonning asosiy tadbirlari 2017-yilning 30-noyabridan 3-dekabriga qadar Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida bo’lib o’tadi. 2017-yilning 30-noyabr va 1-dekabr kunlari Hakaton ishtirokchilari taklif etilgan mutaxassislar o’tkazadigan turli trening va mahorat maktablarida ishtirok etadilar.

2- va 3-dekabr kunlari trening va mahorat maktablarida olgan bilimlari va takliflari, hamda ochiq ma’lumotlar asosida o’z loyihalarini yaratadilar. Tanlov hakamlar hay’ati loyihalarni o’rganib chiqadi va uch nominatsiya bo’yicha g’oliblarni aniqlaydi:

•  Ochiq ma’lumotlarga asoslangan eng yaxshi ijtimoiy loyiha (mobil yoki veb ilova, xizmat, messenjerlar yoki ijtimoiy tarmoqlar uchun botlar, ma’lumot yig’uvchi, qayta ishlovchi va taqdim etuvchi uskunalar);
•  Ochiq ma’lumotlarga asoslangan eng yaxshi biznes loyiha (mobil yoki veb ilova, xizmat, messenjerlar yoki ijtimoiy tarmoqlar uchun botlar, ma’lumot yig’uvchi, qayta ishlovchi va taqdim etuvchi uskunalar);
•  Hakatonning eng innovatsion loyihasi.

Birinchi ikki nominatsiyada g’oliblar yakka va jamoaviy tarkibda aniqlanadi. Hakatonning eng innovatsion loyihasi g’olibi Hakatonga taqdim etilgan yechimlar orasidan tanlab olinadi.

Tanlov g’oliblarini taqdirlash marosimi 2017-yilning 16-dekabr kuni bo’lib o’tadi.



Ulashing:

E'lon