logo
. . .


Avval xabar berganimizdek, Yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi raisi kasb-hunar kollejlaridagi o‘quvchi-yoshlar to‘rar joylarida yaratilgan sharoitlarni o‘rganishni alohida reja asosida boshlagan edi.

Shu maqsadda, kuni-kecha kechki vaqtda Qarshi sanoat kasb-hunar kolleji yotoqxonasidagi sharoitlar o‘rganildi.

Ahvol umuman talabga javob bermaydi. Oshxona, yuvinish xonalari va isitish tizimi achinarli holda.

Masalaga aniqlik kiritish maqsadida kollej direktoriga yuzlandik. “Bilamiz, xabarimiz bor, oz qoldi, o‘ylab turgandim”, degan vajlardan nari ketmadi. Natijada, o‘quvchilar bilan yakka tartibda suhbatga kirishdik:
— Har doim shu ahvolmi?
— O‘rganib qolganmiz, asosiy maqsadimiz — o‘qish. Uydan qalin kiyimlar olib kelganmiz.
— Sharoit og‘ir ahvolda ekan, Yoshlar ittifoqining kollejdagi yetakchisiga murojaat qilmadingizlarmi?
— Rostini aytsam, yetakchini tanimaymiz ham. Mas’uliyatli va yoshlar taqdirini o‘ylaydigan yetakchi bo‘lsa, yotoqxonamizga kelib xabar olardi-da...
- ...
Boshqa savol berishga hojat qolmadi. Chunki, “mot” bo‘lgandik. Dars vaqtida o‘quvchilar bilan suhbatlashmagan, ularni muammolari bilan qiziqmagan yetakchi kechqurun yotoqxonaga kelarmidi... Yaxshisi, holatni o‘zingiz ko‘rib, guvohi bo‘ling.

Kollej direktori va Yoshlar yetakchisini "ko‘zi ochilib", yaqin kunlarda bu muammolar bartaraf etilar...

Bu mavzuga yana qaytamiz.



Ulashing:

E'lon