logo
. . .


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy shahar Kengashi, shahar hokimligi, Ichki ishlar boshqarmasi, bir guruh nuroniylar, ota-onalar va o‘quvchilar ishtirokida Navoiy arxitektura va qurilish kasb-hunar kollejida keng jamoatchilik ishtirokida o‘g‘irlik jinoyatini sodir etgan 2 nafar o‘quvchining qilmishi yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Ular yo‘l qo‘ygan xato boshqa o‘quvchilarda ham takrorlanmasligi uchun yig‘ilganlar turli taklif-mulohazalarni o‘rtaga tashladi. Sabab va oqibatlari muhokama qilindi.

Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni yoshlar tomonidan sodir etilishini barvaqt oldini olish bo‘yicha tizimli hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Yoshlardagi loqaydlik va besabrlik kayfiyatiga barham berishda har bir shaxs mas’ul ekanligi ta’kidlandi.



Ulashing:

E'lon