logo
. . .


Avval xabar berganimizdek, Urganch shahridagi «Yoshlar markazi”da hozirgi kunda Oshpazlar uyushmasi o’z faoliyatini boshlagan.

Mana 3 oydirki, 130 nafar o’quvchi-yoshlar oshpazlik sirlarini o’rganib kelmoqda.

Bir kunda 3 smenada dars berib kelayotgan Shuhrat Matnazarovdan ushbu kasbni o’rganish niyatida kelayotgan yoshlar soni 200 nafardan oshdi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Sh.Matnazarov 12 nafar uyushmagan yoshni ham ish bilan ta’minlagan.

Ya’nikim, ishdan tashqari xalqimizning to’y-bazmlarida ham xizmat qiluvchi Sh.Matnazarov yoshlarning xohishiga ko'ra ularni qanoti ostiga olgan.

Endilikda yoshlar ham kasb sirlarini o’rganishadi, ham xizmat haqi olishadi!



Ulashing:

E'lon