logo
. . .


Xabaringiz bor, 15-aprel kuni “O‘zbekiston bahori” festivaliga tavsiya etilgan ijodkorlar ro‘yxati e’lon qilindi va shu kundan boshlab juda ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda...

Asosiy savollar festival qanday tartibda o‘tkazilishi haqida.

Festival ochiq tarzda Oqsaroy maydonida o‘tkaziladi. Loyiha doirasida turli ko‘ngilochar dasturlar va adabiy viktorinalar rejalashtirilgan. Har bir yo‘nalish uchun alohida hudud ajratiladi va u yerda festivalga tavsiya etilgan ijodkorlar o‘z iqtidorini namoyish etish huquqiga ega bo‘ladi.

Qolaversa, juda ko‘plab ijodkorlar tomonidan berilayotgan yana bir savolga oydinlik kiritamiz...

Festivalga tavsiya etilmagan yoshlar yoki ayrim sabablarga ko‘ra, hujjat topshira olmaganlar bemalol tashrif buyurishi, tomosha qilishi va adabiy viktorinalarda ishtirok etishi mumkin. Lekin bunday holatda barcha xarajatlar o‘z hisobidan amalga oshiriladi.

Biz o'z hisobidan kelmoqchi bo‘lgan ijodkorlarga qulaylik yaratish maqsadida Shahrisabzdagi uch kunlik, jumladan, borib-kelish, ovqatlanish, mehmonxona xarajatlarini hisobladik.

Bir kishi o'rtacha 400000 so‘m sarflab, evaziga Shahrisabzni sayohat qilish imkoniyatiga, shu bilan birga uch kunlik qaynoq adabiy muhitda bo'lishini ma'lum qilamiz.



Ulashing:

E'lon