logo
. . .



1. Yosh tadbirkorlar va fermerlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotlar to‘g‘risida.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan har bir hududda yosh tadbirkorlarning muammolari hamda taklif-istaklarini o‘rganishga qaratilgan ochiq muloqotlar tashkil etildi.
Joriy yil iyul-avgust oylari mobaynida tashkil etilgan ochiq muloqotlar doirasida 11 ming nafarga yaqin yoshlar, jumladan 6 665 nafar yosh tadbirkorlar, 4800 nafar uyushmagan yoshlar qamrab olindi.
Qolaversa, tadbir ishtirokchilari uchun har bir tuman (shahar)da tashkil etilgan kichik iqtisodiy va sanoat zonalari hamda ishlab chiqarish korxonalariga biznes-sayohatlar tashkil etildi.
Ochiq muloqotlarda yosh tadbirkor tomonidan turli mazmundagi 653 ta muammo bildirildi va ularni bartaraf etish yuzasidan alohida chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Bugungi kunda, 115 nafar murojaat egalarining muammolari hal etildi.
Shuningdek, 1011 nafar yoshlarga o‘z shaxsiy biznesini tashkil etishga ko‘maklashildi.

1. Abanova Lola Kamiljanovna – tadbirkorlik faoliyati uchun olingan 46 mln.so‘mga hisoblangan 2 495 500 so‘m kredit foizlari Yoshlar ittifoqi tomonidan to‘lab berildi. 
2. Xasanova Maftuna Bahodir qizi – tadbirkorlik faoliyati uchun olingan 60 mln.so‘mga hisoblangan 1 590 410 so‘m kredit foizlari Yoshlar ittifoqi tomonidan to‘lab berildi. 
3. Voisov Jaloladdin Akbar o‘g‘li – tadbirkorlik faoliyati uchun olingan 50 mln.so‘mga hisoblangan 1 872 739 so‘m kredit foizlari Yoshlar ittifoqi tomonidan to‘lab berildi. 
4. Tursunova Oygul – tadbirkorlik faoliyati (tikuvchilik)ni amalga oshirish uchun 4 dona tikuv moshinalari bilan ta’minlandi. 
5. Bo‘riboyev Bahrom Bo‘riboyevich – o‘z tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 120 mln.so‘m kredit ajratilishida yordam berildi. 

2. “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” mavzusida o‘tkazilgan mahorat darslari to‘g‘risida.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan joriy yilning 12-avgust kuni Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida tajribali tadbirkorlar “Murad Buildings” korxonasi rahbari Murod Nazarov hamda Xalqaro biznes va texnologiyalar assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Hikmat Abdurahmonov tomonidan “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” mavzusida o‘z tadbirkorligini boshlash istagidagi yoshlar uchun mahorat darslari o‘tkazildi.


Eng muhimi, mazkur tadbir an’anaviy usullardan voz kechgan holda, yoshlarni majburiy tarzda jalb etmasdan, yangi formatda onlayn rejimida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali respublikamizning barcha hududlaridan 1000 nafarga yaqin yoshlar ishtirokida tashkil etildi.


Mahorat darslari doirasida 200 nafar yosh tadbirkorlar uchun “Texnoplaza” biznes majmuasi hamda “Green city” turar joy majmuasiga biznes sayohat tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mita raisi Akmal Saidov ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida”gi (Biznes ombudsman) qonun loyihasi muhomasi o‘tkazildi.


Tadbir tafsilotlari onlayn tarzda ijtimoiy tarmoqlar hamda “Yoshlar” telekanalida jonli efir orqali keng yoritib borildi. Xususan, facebook.com, twitter.com, instagram va telegram ijtimoiy tarmoqlarida mobil muxbirlar tomonidan joylashtirilgan 500 dan ortiq xabar, foto va videolavhalarni qariyb 31 ming foydalanuvchi kuzatib bordi. Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur mahorat darsi taassurotlari qizg‘in muhokama etilmoqda hamda uni noan’anaviy uslubda, barcha uchun ochiq formatda hamda qiziqarli tashkil etilganligi yoshlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

3. Tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi yoshlarning iqtisodiy-huquqiy savodxonligini oshirish uchun maxsus o‘quv dasturi (Biznes klub) amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda 100 nafar yoshlar maxsus o‘quv dasturida ishtirok etmoqda.


4. Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.

5. O‘zbekiston yoshlar ittifoqining bo‘limga yuklatilgan vazirlik, idora va tashkilotlardagi boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3138-sonli qarorining 2-3-bandlariga asosan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining vazirlik, idora va tashkilotlardagi boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida vazirlik, idora va tashkilotlarning mas’ullari bilan uchrashuv o‘tkazildi.


Shu bilan birgalikda, “O‘zbekengilsanoat” AJ, Tashqi savdo vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi, “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi, O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi, Tovar xom-ashyo birjasi, “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi)da Yetakchilar kengashi tuzildi.

6. Tuman va shahar markazlarida Yoshlar tadbirkorligi klasterlarini tashkil etish yuzasidan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5106-sonli Farmonining
18-bandi ijrosi yuzasidan, tuman va shahar markazlarida Yoshlar tadbirkorligi klasterlarini tashkil etish hamda foydalanimayotgan davlat ob’ektlarini, shuningdek, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalaridagi ob’ektlarni O‘zbekiston yoshlar ittifoqining a’zosi bo‘lgan yosh tadbirkorlarga to‘lovsiz ijaraga berish tartibini joriy etish yuzasidan mutasaddi vazirlik va tashkilotlar mutaxassislari bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga 15 sentyabr kuni kiritildi (VMdan ijrochi Najmiddin Sharipov, 278 ta ob’ekt).

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5106-sonli Farmonining 17-bandi ijrosi yuzasidan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining viloyat, shahar va tuman kengashlari raislarini rag‘batlantirish maqsadida “Spark” va “Damas” avtomashinalarini xarid qilish uchun 10 yil muddatgacha mo‘ljallangan, boshlang‘ich to‘lovi 15 foizli imtiyozli kreditlar ajratish yuzasidan mutasaddi vazirlik va tashkilotlar mutaxassislari bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga 22 sentyabr kuni kiritildi.

8. Tijorat banklarida tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlar uchun banklarda mavjud imtiyozli kreditlar to‘g‘risida axborot beruvchi bukletlar jamlanib, Fuqarolar qabulxonasiga murojaat qilgan yoshlarga tarqatish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

9. Joriy yilning 15-19-oktabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Guanjou shahrida o‘tkaziladigan “122-Canton fair” xalqaro ko‘rgazmasiga 10 nafar yosh tadbirkorlaridan iborat delegatsiyasi tarkibi birma bir nomzolar bilan birma bir suhbatlashib saralandi.
 



Ulashing:

E'lon