logo
. . .


Joriy yilning oktabr oyida ilk marotaba ta’sis etilgan “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mukofoti” yil davomida samarali mehnat qilgan, tizim yoki sohani rivojlantirishga shaxsiy hissasini qo‘shgan, o‘z sohasiga innovatsiya kiritgan, faoliyati orqali davlat va jamiyat hayotiga amaliy foyda keltirgan, davlat yoki xalqaro miqyosda yutuqlarga erishgan mehnatsevar, fidoiy, iqtidorli va jamoat ishlarida faol yoshlarga berilishi ko‘zda tutilgan.

Bunda nomzodlarning faoliyati soha vakillari, keng jamoatchilik tomonidan e’tirof etilganligiga e’tibor qaratiladi.

“O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mukofoti” uchun nomzodlar davlat va jamiyat boshqaruvi sohasi, iqtisodiyot va qishloq xo‘jaligi sohasi, fan-ta’lim va ijtimoiy soha, san’at, madaniyat jurnalistika va sport sohasida belgilangan 33 ta nominatsiya bo‘yicha qabul qilinadi.

Mukofotga yoshlar nomzodi u tizimida faoliyat yuritayotgan vazirlik, idora, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, jamoat birlashmalari tomonidan ko‘rsatilishi hamda tavsiyanoma va nomzod faoliyatiga oid hujjatlar taqdim etilishi nazarda tutilgan.

Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan 40 tadan ortiq vazirlik, idora va tashkilotlarga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga o‘z tizimida samarali faoliyati yuritayotgan yoshlarni aniqlash, saralash va Yoshlar ittifoqiga taqdim etish bo‘yicha 2017-yil 1-noyabrda rasmiy xat bilan murojaat qilingan va tegishli hujjatlar qabul qilindi.

Navbatdagi bosqichda vazirlik, idora, tashkilot va hokimliklardan tavsiya etilgan nomzodlar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoshida tuzilgan ekspertlar komissiyasi tomonidan saralanadi.

Shaffoflikni to'liq ta’minlash maqsadida eng yaxshi 3 nafar nomzod ijtimoiy tarmoqda, SMS ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi.

Barchani mukofot sovrindorlarini aniqlashda faollikka chorlaymiz!



Ulashing:

E'lon