logo
. . .


Aziz yoshlar! Kelajak bunyodkorlari! Har soniya har kun yuragi “Vatan” deya urguvchi fidoyi insonlar!

Jonajon O‘zbekistonimizning ertangi kuni, farovon hayoti va porloq kelajagi uchun men, siz barchamiz birdek dahldormiz! Bu daxldorlik hissini barchamiz yurakdan his qilib, Vatan oldidagi burchimizni, faol fuqarolik pozitsiyamizni mustahkamlashimiz lozim!

O‘zbekiston — cheksiz imoniyatlar makoni. Bugungi kunda ayniqsa yoshlarimizning emin erkin hayot kechirishi, har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishlari uchun tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda yoshlarga e’tibor davlat siyosatining eng ustuvor vazifalaridan biri darajasiga ko‘tarilmoqda. Ilm-fan, ta’lim, madaniyat, sport sohasi rivoj topib, yoshlarimiz har jabhada o‘zlarining yana takror va takror buyuk ajdodlar vorislari ekanliklarini namoyon etmoqdalar. Yoshlarning muvaffaqiyati —  yurtning rivoji va nurli kelajagidir! Taassufki, o‘zbek yoshlari ham yaratilyotgan imkoniyatlardan o‘z vaqtida, oqilona foydalanishmoqda. Mana shunday har kuni fayzga to‘la, insonlari e’zozda bo‘lgan yurtda faqatgina baxt bilan birga yashash mumkin.

Ammo, afsuski, cheksiz imkoniyatlar yaratilayotgan bir paytda jamiyatimizda bilib-bilmay to‘g‘ri yo‘ldan adashib, xatoga qo‘l urayotgan yoshlarimiz ham uchrab turibdi. Hukumatimizda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarga barham berish yuzasidan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2017-yilning 15-noyabr sanasida mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosining amalda qo‘llanishi, bu borada yo‘l qo‘yilayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlanib o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlar orasida jinoyatchilikning oldini olishda ta’lim muassasalari va ichki ishlar organlarining hamkorligini mustahkamlash va mas’uliyatini oshirish masalalari ham tahlil qilindi.

Ushbu videoselektor yig‘ilishi yoshlar bilan ishlaydigan, yoshlarimizning bugungi ertangi hayoti uchun mas’ulman degan, ayniqsa O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tizimida ish faoliyatini olib borayotgan har bitta xodim uchun kunlik dasturulamal bo‘ldi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi raisi hamda Surxon vohasi yoshlar yetakchisi sifatida o‘z oldiga jinoyatchilikning oldini olish, jamiyatimizda huquqbuzarliklarga barham berish borasida ko‘plab maqsad va vazifalarni belgilab oldi. Har bir yosh jamiyatimiz hayotida muhim ahamiyatga ega.

Aziz yoshlar, kelajagimiz bunyodkorlari! Sizning bugungi harakatingiz ertamizning muhim poydevori bo‘lib xizmat qiladi. Sizlarni yuksak ma’naviyatli, zukko, bilimdon, yurt taqdirini o‘z zimmasiga olishga qodir avlod sifatida voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Bundan oqilona foydalanayotgan ertamiz egalari Surxondaryo yoshlari o‘z iste’dod va salohiyatini to‘la namoyon etib, barcha sohada yuksak natijalarni qo‘lga kiritayotgan bir vaqtda, yoshlar o‘rtasida turli jinoyatlar, ayniqsa og‘ir jinoyatlarning ham sodir etilayotgani hammamizni birdek tashvishlantirmoqda. Yaratilayotgan imkoniyatlardan to‘laqonli foydalaning. Yurtimizning ravnaqiga o‘z hissangizni qo‘shing. Yurtboshimizning siz yoshlarga bildirayotgan yuksak ishonchiga munosib bo‘ling.

Siz, aziz yoshlarni vaziyatga jiddiy e’tibor qaratishga, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni hayotga tadbiq etishda faol ishtirok etishga va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi atrofida ezgu maqsad, “Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot barpo etish, mustaqillikni mustahkamlash” yo‘lida birlashishga chorlab qolaman.

Qadrli ota-onalar! 

Oilada bola voyaga yetib, unda fikrlash alomatlari paydo bo‘lsa, uni yaxshi kuzatish va ahvolini o‘rganish lozim bo‘ladi. Chunki bolaning qalbi sodda va toza bo‘lib, u har qanday naqshni qabul qilishga tayyor! Agar yaxshilikka odatlantirilsa, yaxshilik tomon ulg‘ayadi. Uning yaxshiligiga ota-ona va tarbiya beruvchilar sherik bo‘ladi. Agar yomonlikga odatlansa, yomonlik bilan ulg‘ayadi va javobgarlik ham uning yaqinlari zimmasiga tushadi. Afsuski, bugungi tezkor o‘zgarishlar davrida yoshlarimiz ongi va qalbini egallash uchun astoydil urinayotgan yovuz kuchlar mavjud. Ular ayrim yoshlarning soddaligidan foydalanib, moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish kabi bahonalar bilan o‘z tuzoqlariga ilintirishga harakat qilmoqdalar.

Azizlar! Jondan aziz farzandlaringizga befarq bo‘lmang, ularning turli xil jinoyatchilik hamda boshqa yot g‘oyalar qurshoviga tushib qolishidan saqlang. Zero, xalqimiz ta’biri bilan aytganda, “O‘z bolangizni o‘zingiz asrang!!!”

Hamjihatlikda, bir jamoa bo‘lib mehnat qilsak, loqaydlik va befarqlikka barham bersak, o‘z ertamizni bugundanoq ta’minlagan bo‘lamiz. Zero, viloyatda sodir etilgan hattoki bitta jinoyat ham ortiqchadir.



Ulashing:

E'lon