logo
. . .


 

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi ishlab chiqaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi va savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi subyektlar bilan 2018-yilda hamkorlikni amalga oshirish maqsadida tanlov e’lon qiladi!

Tanlov shartlari:

—Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyat olib borishi uchun litsenziyasi va guvohnomasi mavjudligi va 3 (uch) yildan kam bo‘lmagan faoliyatga ega bo‘lishi lozim.

— Tanlovda ishtirok etish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlardan imzo chekish huquqiga ega mas’ul xodim ishtirok etishi lozimligi va faoliyat turiga tegishli namunalar, faoliyat turi haqida anotatsiya, tavsiyanoma va hamkorlari haqidagi ma’lumotlar taqdim etishlari lozim.

Joriy yilning 5-fevral kuniga qadar takliflari (oferta)ni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi apparati binosi (Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasi, 11-uy)ga yetkazish yoki bu haqida (998-99) 873-00-09 (Faks: (998-71) 241-08-50) telefon aloqasi orqali O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi mas’ul xodimiga (tegishli hujjatlarni taqdim etish bo‘yicha) xabar berishi so‘raladi.

Kelib tushgan takliflar asosida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi apparati binosida ochiq muzokara va auksion shaklida tanlov savdolari o‘tkazish kuni ma’lum qilinadi. 

Tanlov savdolari amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Tanlov savdolari g‘oliblarini aniqlash – xo‘jalik yurituvchi subyektlarning taqdim etgan takliflari (oferta)ni birinchidan eng yaxshi va sifatli, keyin eng arzonlarni tanlash yo‘li orqali maxsus muzokaralar olib boruvchi Komissiya tomonidan ishtirokchilar bilan birga tanlov kuni aniqlanadi.

Tanlovda g‘olib bo‘lgan tashkilot bilan olti (6) oylik yoki yillik shartnoma imzolanadi va shartnomaga muvofiq, o‘n besh (15%) foizi oldindan to‘lab berish shaklida, qolgan sakson besh (85%) foizi hisob faktura asosida qoplab boriladi. 

Xarid qilinishi lozim bo‘lgan tovar moddiy boyliklar va xizmatlar ro‘yxati bo‘yicha ma’lumotlarni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi saytidan yil.uz va mas’ul xodimdan (998-99 873-00-09) olishingiz mumkin.

 

Xarid qiladigan mahsulotlar va xizmatlar ro’yxati. 

  1. Xo’jalik mollari   yuklab olish
  2. Konselariya buyumlari   yuklab olish
  3. Dizayn xizmatlari   yuklab olish
  4. Kompyuter vositalari   yuklab olish
  5. Gul     yuklab olish
  6. Mebellar    yuklab olish
  7. Poligrafiya xizmatlari   yuklab olish
  8. Sport anjomlari     yuklab olish
  9. Tekstil xizmati       yuklab olish
  10. Tarnsport xizmatlari      yuklab olish


Ulashing:

E'lon