logo
. . .


Yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk, jismonan sog‘lom barkamol avlodni voyaga yetkazish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum tomonlar o‘rtasida yoshlar masalalari yuzasidan o‘zaro hamkorlikning mazmuni, sohalari va tartibini belgilab beradi.

“30-iyun – Yoshlar kuni” da tuzilgan hamkorlik munosabatlari O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi va “Mudofaa to‘g‘risida”gi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 2017-yil 5-iyuldagi PF–5106-son Farmoni hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga asoslanib, yosh avlod vakillarini qonunga hurmat ruhida tarbiyalash, turli zararli illat va yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilishga, Milliy gvardiya saflarida har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli va Vatan taqdiri, yurt tinchligi va himoyasi yo‘lida bor salohiyati bilan mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni birlashtirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratishga xizmat qiladi.

Hamkorlik aloqalari o‘rnatish davomida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronboyev ikki tomonlama munosabatlarning istiqbollarini belgilash, o‘zaro qiziqish uyg‘otadigan masalalarni kelishgan holda amalga oshirish, o‘zlarining vakolatlari doirasida, ikki tomonlama manfaatli munosabatlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishda mazkur memorandumning ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Tadbir yakunida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan “30 iyun – Yoshlar kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi yosh harbiy xizmatchilariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

“Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash maqsadida tuzilgan mazkur hamkorlik uyushmagan yoshlar bilan ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish bilan birga fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda yosh harbiy xizmatchilarni faolligini oshirib, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega tashabbuskor, shijoatli, el-yurt manfaati yo‘lida bor kuch-g‘ayrati, bilim va salohiyatini safarbar qiladigan, mamlakat istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir yoshlar safini kengaytiradi”, — deydi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy vatanparvarlik ma’naviy ahloqiy tarbiya va yoshlar bilan ishlash boshqarmasi katta ofitseri Umidjon Hasanov.

Shaхnoza Nurullayeva



Ulashing:

E'lon