logo
. . .


O‘ZBЕKISTON YoSHLAR ITTIFOQINING MODDIY-TЕXNIKA BAZASINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

           O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2017 yil 18 iyuldagi PQ-3138-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda aholining, ayniqsa yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni kitoblar bilan ta’minlash tizimini yanada samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
          1. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda «O‘zdavkitobsavdota’minoti» MCHJning:
        O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining maydoni 270 kv.m bo‘lgan Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Markaz-1, Mustaqillik ko‘chasi, 6-uy va maydoni 1650 kv.m bo‘lgan Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Markaz-1, Mustaqillik ko‘chasi 7-uy manzilida joylashgan binolarini O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi «Kitob olami» MCHJning ustav fondiga davlat ulushi sifatida belgilangan tartibda berish;
       «O‘zbekiston», «O‘qituvchi», G‘afur G‘ulom va Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uylari, «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» davlat ilmiy nashriyoti davlat korxonasi, «O‘zdavkitobsavdota’minoti» MCHJ hamda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining «Kitob olami» MCHJ ustav fondidagi o‘z ulushlarini O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga mulk huquqi asosida bepul berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
        2. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
«Kitob olami» MCHJ ustav fondi ushbu qarorning 1-bandida ko‘rsatilgan binolar hisobiga oshirilishini;
«Kitob olami» MCHJning ustaviga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini ta’minlasin.
        3. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi «Kitob olami» MCHJ faoliyatini samarali tashkil etish, shu jumladan respublikaning barcha hududlarida uning filiallarini ochish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash choralarini ko‘rsin.
       4. Vazirlar Mahkamasining «Davlat mulkidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2015 yil 15 iyuldagi 193-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
       5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori L.X. Tangriyev, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisi Q.Q. Quranboyev zimmasiga, Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari hamda Madaniyat, san’at va turizmni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentlariga yuklansin.


                                                                                                   O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,
2017 yil 18 sentyabr,
737-son


(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 38-son, 1046-modda)

                                                                                                                                                                                 Yuklab olish (.pdf 667 kb)



Ulashing:

E'lon