logo
. . .


Kelajak me’morlari bo‘lgan siz yoshlarga, avvalo, chuqur hurmat va ehtiromimni izhor etaman. Kirib kelayotgan yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!

Ushbu daqiqalar mas’uliyat va ishonch, yil davomida bosib o‘tgan yilimizga sarhisob hamdir. Mamnuniyat bilan ta’kidlash joizki, 2017-yil chinakamiga “Yoshlar yili” bo‘ldi. 2017-yil 30-iyun... Yoshlar hayotida tub burilish yasalgan kun.

Aynan ushbu kun muhtaram Prezidentimiz takliflari bilan, O‘zbekistonda yoshlar kuni deb belgilandi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Alohida ta’kidlash joizki, o‘tgan 6 oy davomida Yoshlar ittifoqi faoliyatiga doir 18 ta qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi. 70ga yaqin huquqiy-normativ hujjatga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi! Bu, avvalo, yoshlar muhtaram Prezidentimizning g‘amxo‘rligi ostida, qolaversa, Davlat siyosatida eng muhim bo‘g‘in ekanligining yaqqol na’munasidir.

O‘tgan bir yil davomida Yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimi tubdan isloh qilindi. Mamlakatda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish maqsadida minglab loyihalar amalga oshirilib, millionlab yosh avlodning manfaatlari himoya qilindi.

Biz qisqa davrdagi natijalarini kelgusida yanada takomillashtirishni niyat qilganmiz. Jamoamiz juda katta. Maqsadimiz aniq. 2018-yilda sizlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtiramiz.

Bir muhim masalani esimizdan, aslo chiqarmasligimiz kerak. Hayot hech qachon bir joyda to‘xtab qolmaydi. Ostonada turgan Yangi yil bayrami bilan Siz fidoyi va vatanparvar yoshlarimizni chin dildan qutlaymiz. Kirib kelayotgan yilda Sizlarga yangi-yangi g‘oyalar, yangi tashabbuslar, kreativ loyihalar va baland parvoz tilaymiz.

Mamlakatimiz taraqqiyoti yangi bosqich ostonasida turibdi. Biz, Sizlar bilan birga bugun farovon kelajak, nurli istiqbolni qurishga mas’ulmiz!

Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!

Qahramon Quronboyev, 
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi



Ulashing:

E'lon