logo
. . .


Xabaringiz bor, Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizmini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish” to‘g‘risidagi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda qator islohotlar amalga oshirilmoqda.

Aholi, ayniqsa, yoshlarda kitobxonlik ko‘nikmasini shakllantirish borasida yuzlab loyihalar o‘tkazilmoqda. Bu tabiiyki, ilk ijobiy natijalarini ham berishni boshladi.

Harbiy qismlardagi yoshlarda ham kitobxonlik madaniyatini shakllantirish uchun ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Kuni-kecha Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti hamda N-sonli harbiy qismda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Jizzax viloyat Kengashi tomonidan “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” shiori ostida kitob yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarkada tadbirkorlar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdi.

Oxirgi yillarda nashrdan chiqqan milliy va jahon mumtoz adabiyoti namunalari, zamondosh ijodkorlarning asarlari, ilmiy ommabop va bolalar kitoblari sotuvga qo‘yildi hamda harbiy xizmatchilar o‘zlari yoqtirgan kitoblardan xarid qilishdi.

Eng qizig'i, bir necha soatlarda harbiy xizmatchilar 800dan ortiq kitobni xarid qilishibdi.

Bu kitoblardan tarqaladigan ziyoning esa sonini olib bo‘lmaydi....

Loyiha davom etadi!



Ulashing:

E'lon