logo
. . .


Yoshlar ittifoqi vobkentlik Suxrobjonga imtiyozli kredit olishga ko‘maklashdi...

Xabaringiz bor, Prezidentimiz Farmonlariga muvofiq, 2 ming 700 nafar mahkum, jumladan 956 nafar turli sharoitlar tufayli jinoyat sodir etgan, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan shaxslar avf etilgan edi.

Tabiiyki, ular ichida yoshlar ham bor. Ittifoq ozodlikka chiqqan yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida hududlar kesimida alohida yo‘l xaritasini tuzdi.

Yetakchilar yoshlarga biriktirib qo‘yildi.

Kuni-kecha Vobkent tumani “Xalach” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Suxrob Raximov xonadoniga borildi.

1991-yilda tug‘ilgan yigit “Fozilbobo” fermer xo‘jaligida mehnat faoliyati bilan bandligi ma’lum bo‘ldi. Uning ijtimoiy ahvoli o‘rganilganda, hali uylanmaganligi, tadbirkorlik faoliyatiga qiziqishi borligi, mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan jamoatchilik asosida mehnat faoliyatini olib borishi uchun ro‘yxatga olinganligi aniqlandi.

Suxrob Ittifoq vakillariga issiqxona ochish niyati borligini aytdi. Hujjatlar rasmiylashtirib, unga imtiyozli ravishda 10 mln. so‘m miqdoridagi kredit ajratildi.

Yoshlar ittifoqining tuman Kengashi raisi, viloyat Kengashi qoshidagi “Yosh tadbirkor” konsultativ markazi koordinatori, tuman hokimi o‘rinbosari, “Xalach” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bilan suhbat jarayonida Suxrob Raximov o‘z qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi, oilasi va jamiyatga qaytib, bundan buyon mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisi bo‘lishga va’da berdi.



Ulashing:

E'lon