logo
. . .


“Kitob-bilim bulog’i”, “kitobdan yaxshi do’st yo’q” kabi maqollar zamirida qanchalik teran fikr va ma’no mujassamligini bugungi kunda yurtimizda kitobga bo’lgan munosabatdan ham bilishimiz mumkin.


Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan  2018 – yil 12-maydagi “Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o’rganish va targ;ib etish maqsadida yoshlar o’rtasida kitobxonlik tanlovlarii tashkil etish to’g’risida” gi PQ-3721-sonli Qarori ijrosi yuzasidan bugun yurtimizning barcha viloyatlarida “Yosh kitobxon” tanlovining saralash bosqichlari o’tkazilmoqda.

Shuningdek, ushbu tanlov Jizzax viloyatida ham yuqori kayfiyatda o’tmoqda. Tanlovda ishtirok etish istagida o’tgan yili  15782 nafar ishtirokchi ariza anketalari topshirgan bo’lsa, ushbu ko’rsatkich bu yil 22863 nafarni tashkil etdi. Raqamlardan ham ko’rishimiz mumkinki, tanlovda ishtirok etish istagidagi yoshlarimiz soni yil sayin ko’paymoqda.


Bugun tanlovning 20-30 yosh toifasi o’rtasida har bir tumanda alohida sinf xonalarda shaffof tarzda o’tkazildi. 


-Bu yil “Yosh kitobxon” tanlovida birinchi marta ishtirok etishim. Test natijalari haqiqatdan shaffof bo’ldi. Har bir ishtirokchi uchun alohida kompyuter va natija ham shu zahoti kompyuter ekranida namoyon bo’ladi. Hech qanday e’tirozga o’rin yo’q,– deydi  tanlov ishtirokchisi Saydullayeva Sarvinoz.



Ulashing:

E'lon