logo
. . .


Yoshlar yetakchisi ushbu manzilni yanada qisqartish ilinjida har bir yosh bilan uchrashadi!

Yoshlar yetakchisining yoshlar bilan ochiq muloqotlari davom etadi.

Kuni-kecha Yoshlar Yetakchisi Chortoq tumanida 200 nafardan ziyod Sardorlar va Boshlang‘ich tashkilot yetakchilari bilan o‘sha hududga borib uchrashdi.

Samimiy muloqot davomida har bir yigit-qizning taklif va loyihalarini eshitdi.

— Hech bir taklif va tanqid e'tibordan chetda qolmaydi, buni men — Yoshlar yetakchisi aytyapman, — dedi Qahramon Quronboyev. — Tashkilot sizlarning fikrlaringiz, sizlarning g‘oyalaringiz asosida ish yuritadi. Shu sabab imkon qadar sizlar bilan uchrashish, g‘oyalaringizni olishga harakat qilamiz. Doimiy hamkorlik, avvalo, bizga kerak. Tashkilot ham, davlat ham sizga o‘xshagan iqtidorli va yonib turgan yoshlarga suyanadi.

Muloqot davomida yoshlarning bir qator takliflari asosida amaliy ishlar qilindi.

Jumladan, faol sardorlardan biri Abdullajonova Marjonaning taklifiga ko‘ra, respublika bo‘ylab haftaning har jumasi kitobxonlar kuni deya e’lon qilindi.

Shuningdek, tuman Kengashi qoshida "Yoshlar teatri studiyasi" faoliyat yuritadigan bo‘ldi. Vaqtincha ishsiz yosh qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga hunar sirlarini o‘rgatish maqsadida tikuvchilik sexi ham o‘z faoliyatini boshlaydi.

Har qanday vaziyatda yoshlar bilan uchrashishga ular bilan do‘stona suhbat qurishga oshiqadigan Yoshlar Yetakchisi bu gal ham yangi rejalar va maqsadlar bilan navbatdagi manzil sari yuzlandi.

Zero, vaqt millari shoshqaloq, manzillar esa bisyor!



Ulashing:

E'lon