logo
. . .


Samarqandlik bir guruh faol yoshlar Toshkentda.

Turizm industriyasi, xususan, ichki turizm yurtimiz iqtisodiyotining muhim tarmog‘i hisoblanadi.

Mamlakatimizning har bir hududi o‘ziga xos turistik jozibaga ega. Bu borada ichki turizm imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanib, yoshlar turizmini ommalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu imkoniyatlarda to‘laqonli foydalanishni maqsad qilgan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Urgut tuman Kengashi qishki ta’til kunlaridan unumli foydalangan holda tumanning eng faol Yoshlar ittifoqi a’zolari, yoshlar yetakchilarining Toshkent shahriga sayohatini tashkil etdi.

— Qadim o‘tmishimizdan so‘zlovchi tarixiy yodgorliklarni ko‘rish, boy merosimizni o‘rganish, zamonaviy binolarni tomosha qilish, yoshlarimizda milliy o‘zlikni anglash, an’ana va qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘usini yuksaltiradi, — deydi tuman Yoshlar yetakchisi G‘olib Jabborov. — Qolaversa, bunday sayohatlar aynan ta’til kunlari tashkil etilgani o‘quvchi-yoshlarimizga juda ma’qul keldi. Bu sayohat sardorlarimizning taklifi asosida tashkil etildi. Ikki kunlik sayohat davomida tuman yoshlari Davlat muzeylariga, Oqsaroy maydoniga, Taraqqiyot strategiyasi markazi va bir qancha diqqatga sazovor joylarga tashrif buyurishadi.

Ichki turizmni rivojlantirishga qaratilgan ushbu sayohat boy madaniy merosimizni, urf-odatlarimizni o‘rganishda yoshlar uchun ahamiyatli bo‘lishi shubhasiz. Qolaversa, yoshlarda birdamlik hissini mustahkamlashga ham ushbu loyiha ahamiyatlidir.



Ulashing:

E'lon