logo
. . .


Surxondaryoda qish o‘z so‘zini ayta boshladi. Atrofni qoplagan oppoq qor havo haroratini ham keskin pasaytirib yubordi.

Shunga qaramasdan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashida ish qaynamoqda. Viloyat hokimligi tomonidan tashkil etilgan “Jamoatchilik nazorati” guruhida Ittifoqning viloyat Kengashi raisi O.Umarov ham ishtirok etib, Jarqo‘rg‘on tumanida xalqning yashash sharoitini o‘rganish, aholi va yoshlar muammolarini o‘rganish maqsadida tumanlarda bo‘ldi.

Tumandagi “Boymoqli” mahallasida joylashgan 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabi sharoiti bilan tanishilganda, Yoshlar yetakchisining ish faoliyati qoniqarsiz ekanligi, isitish tizimlarining ishlamasligi, davomat darajasi pastligi aniqlandi.

Bu muammolarni bartaraf etish bo‘yicha,tezkor chora-tadbirlar rejasi tuzildi. Shundan so‘ng xalq bilan muloqot qilish uchun xonadonlarga birma-bir kirildi.

Turli xonadonlarda turli muammolar. Elektr hisoblagich uskunasini o‘rnatish, ishsizlik, iste’mol krediti olish kabi masalalarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarga amaliy yordam berish bo‘yicha barcha sa’y-harakatlar boshlab yuborildi. Bir nafar yosh shu kunning o‘zida ishga joylashtirildi.

- Qahramon Quronboyevning sovuq ob-havoga qaramasdan xalq ichida yurgan vaqtida, ish joyimda edim. Rosti, vijdonim qiynaldi biroz. Men ham xalqning orasiga kirdim. Qancha xalq ichida yursak, shuncha muammolar tezroq hal bo‘ladi. Fuqarolarning bizga ishonib aytgan muammolarini hal qilishda ular bilan yuzma-yuz ko‘rishish muhimdir, - deydi viloyat Kengash raisi Ohunjon Umarov.



Ulashing:

E'lon