logo
. . .


Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolangan edi.

Unga binoan, Qashqadaryo viloyatidagi mavjud harbiy qismlarda Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlari o‘z faoliyatini boshladi.

Yangi saylangan Boshlang‘ich tashkilot yetakchilari bilan viloyat Kengashi raisi uchrashuv o‘tkazib, yosh harbiy xizmatchilar uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va tashabbuslarini rag‘batlantirish borasida 2018 yilda Yoshlar ittifoqi tomonidan amalga oshiriladigan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Uchrashuv davomida harbiy qismlardagi boshlang‘ich tashkilot faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish hamda harbiy xizmat bilan bog‘liq bir qator savollarga Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi Shomurod Sattorov atroflicha javob berdi.

Uchrashuvlar davom etmoqda.



Ulashing:

E'lon