logo
. . .


Bugun yurtimizning har bir go‘shasida obodonlashtirish va tozalash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Qashqadaryo viloyatida ham erta tongdan yosh-u qari birdek ana shunday ezgu ishga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida umumxalq hashariga otlanishdi.

Ayniqsa, ajdodlarimiz mangu uyquga ketgan manzillarni obod qilish ko‘ngil obodligini ta’minlaydi. Avloddan avlodga o‘tib kelayotgan umumxalq hashari doirasida “Obodlik ko‘ngildan boshlanadi” va “Hashar - yoshlarga yarashar” loyihalari tashkil etilib, atrof-muhit toza va pok bo‘lib, obod manzillarga aylanmoqda.

Tozalik, poklik bo‘lgan joyda qut baraka bo‘ladi. Elimizda “Betashvish bosh qayda, mehnatsiz osh qayda”, “Gapni oz so‘zla, ishni ko‘p ko‘zla”, “Hashar-elga yarashar” kabi maqollar ana shu ezgulik, birdamlik va poklikning namunasidir.

Hashar davom etmoqda...



Ulashing:

E'lon