logo
. . .


Joriy yilning 18-avgustidan  2-sentabrigacha davom etgan XVIII yozgi Osiyo oʻyinlarida ishtirok etib, oltin medal bilan qaytgan Kamoliddin Xolmamatovni viloyat ahli katta quvonch va tantana bilan kutib olishdi.

Sportning Sambo turi boʻyicha maydonga tushgan hamyurtimiz finalda tojikistonlik Umid Hasanbekovga qarshi kurash tushib, 21-oltin medalni qoʻlga kiritgan edi.

Kamoliddin Xolmamatov 1991-yil 6-sentabrda Kitob tumanida tugʻilgan. 12 yoshidan Samarqand olimpiya zaxiralari kollejida oʻqishga kirib, sportning sambo turi bilan muntazam shugʻillangan. 15 yoshidayoq yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston chimpioni degan nomga sazovor boʻlgan. Bir qator Respublika va xalqaro turnirlar gʻolibi boʻlgan sportchimiz endi XVIIIyozgi Osiyo oʻyinlari gʻolibi ham.

Marosimda soʻz olganlar bugun yurtimizda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar kengligi va undan samarali foydalangan holda davlatimiz bayrogʻini doimo baland ko’tarib yurishlarini taʼkidlashdi.



Ulashing:

E'lon