logo
. . .


Kuchli davlat va mustahkam jamiyatni barpo etishning o‘z qonuniyatlari mavjud. Qonun ustuvorligi, adolat, tenglik kabi tamoyillar qatorida ijtimoiy himoya ham davlatning mustahkamligini ta’minlovchi omillardan biri. Mustaqillik yillarida bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash davlat siyosatining muhim yo‘nalishiga aylandi. Zero, mamlakatda o‘tkazilayotgan barcha islohotlarning asl maqsadi ham insonga munosib turmush sharoitini yaratib berish, uning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarishdan iboratdir. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qarovsiz va o‘z holiga tashlab qo‘yish aslo mumkin emas.

Bu borada O‘zbekiston yoshlar ittifoqi ham ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va yoshlar uchun amaliy ko‘mak berib kelmoqda. Qiziltepa tumanida yashovchi 8 yoshli Nilufar Chempo‘latova ham barcha tengqurlari kabi shaddod va bolalarcha beg‘ubor ota-onasining yagona farzandi.

Afsuski hayot sinovlarida uning yosh tani 2017-yil sentyabr oyida baxtsiz hodisa tufayli avtohalokatga uchrab, 2 marotaba bosh miya operatsiyasini boshdan kechirdi. Yaqin kunlarda yana poytaxtga borib, davolanishni boshlaydi.

O’zbekiston yoshlar ittifoqi Qiziltepa tuman Kengashi xodimlari hamda yetakchilari tashabbusi bilan oila vakillariga ham ma’nan, ham moddiy ko‘mak berildi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, mamlakatimizda ijtimoiy himoya muhtoj yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash siyosati kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishda iqtisodiy o‘zgarishlarning ishonchli kafolati bo‘lib kelmoqda.

O’zbekiston yoshlar ittifoqi Nilufarxonning sog’ayib ketishiga hamda jamiyatda o’zining munosib o’rnini topishiga ishonadi.



Ulashing:

E'lon