logo
. . .


Nukus shahridagi Yoshlar markazida “Yoshlar press-klubi”ning uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasi direktori Qallibek Nag‘metov va direktor o‘rinbosari Nazira Jaksimuratova, “Nukus FM” radiosi va “Jaslar TV” telekanali direktori Baxtbek Elmanov, Qoraqalpog‘iston xabar agentligi direktori Esimxan Qanaatov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi bo‘lim mudiri Baxtiyar Jiyemuratov ishtirok etib, jurnalistlar va blogerlarning savollariga javob qaytarishdi.

Sessiyada mahalliy jurnalistikadagi bir qator muammolar, ularning yechimi bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, radio boshlovchilar, hisobot uchun ishlayotgan gazetalar tanqid qilindi.

Eslatib o‘tamiz, “Yoshlar press-klubi” tez orada yangicha talqinda o‘tkaziladi.



Ulashing:

E'lon