logo
. . .


Kuni-kecha Nukus shahridagi Yoshlar markazida «Yoshlar press-klubi»ning ilk sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi, Xalq ta’limi vaziri, Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i ishtirok etdi.

Ilk sessiyada yoshlar huquqbuzarligi va jinoyatchiligining hududdagi holati, oldini olish masalalari haqida OAV xodimlariga ma’lumot berildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2017 yilda jinoyatchilik 2016 yilga nisbatan 17 foizga kamaydi. Bu, albatta Yoshlar ittifoqi va hamkor tashkilotlar bilan aloqalar yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi bilan bog‘liq.

Biroq, jinoyatning umumiy soni 17 foizga kamaydi, deb maqtanib bo‘lmaydi. Yoshlar o‘tgan davrda 806 ta turli ko‘rinishdagi jinoyatlarni sodir etgan.

Bu jinoyatlarda 947 nafar yoshlar ishtirok etgan. Ayrim jinoyatlarni 2-3 kishilab, uyushib sodir etishgani ta’kidlandi. Bu masalada hamkorlikda ishlash, eng quyi bo‘g‘inlar faoliyatini o‘rganish va hushyorlikni qo‘ldan boy bermaslik lozimligi ta’kidlandi.

Qolaversa, sessiyada yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida qilinayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.



Ulashing:

E'lon