logo
. . .


O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronboyev bugun Farg`ona viloyat yoshlari bilan uchrashdi.

Dastlab, Quvasoy shahrining Qo`chqorchi qishlog`ida joylashgan 19-umumta`lim maktabida bo`lgan Yoshlar yetakchisi o`quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Maktabning “Kamalak” va “Ittifoq” sardorlari uchun ajratilgan xonada tashkil etilgan ochiq muloqot davomida yoshlar yetakchisi har bir yo`nalish sardorlari bilan birma-bir suhbatlashdi. Har birining taklif va muammolarini eshitib, zaruriy choralar belgiladi.

Maktab kutubxonasi uchun 1000 dona kitob, yoshlar markazi uchun yangi bino, qishloqning turizm salohiyatini yuksaltirish kabi masalalar yoshlar yetakchisi tomonidan joyida hal etildi.

— Men maktabning 10-sinfida o`qiyman. Shaxsan Yoshlar yetakchisi bizning maktabga tashriflari tengdoshlarim singari meni ham ruhlantirdi,— deydi, Nozima Shokirova. — Ayniqsa, “Sizlar uchun nima qilib beray?”degan gaplari menda Yoshlar ittifoqiga bo`lgan ishonchni ikki barobarga oshirdi. Quvonarlisi, maktabimiz o`quvchilari takliflariga asosan, 50 nafar yosh birgalikda qadimiy Samarqand shahriga sayohatga boradigan bo`ldik.



Ulashing:

E'lon