logo
. . .


Avval xabar berganimizdek, Markaziy Kengash raisi o‘rinbosari Kamoliddin Beknazarov Navoiy viloyatining barcha shahar va tumanlarida bo‘lib, yoshlarning ijtimoiy kayfiyatini o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish, tizim faoliyatiga amaliy ko‘mak berish maqsadida qator ishlarni amalga oshirdi.

Jumladan, hamkor tashkilotlar, viloyat raisi bilan kuni-kecha Zarafshon shahridagi jazoni ijro etish muassasasida ham bo‘lishdi. Yig‘ilganlarga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga oid davlat siyosatining mohiyati, jazodan ozod etilgan yoshlarni o‘qish yoki kasbga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash, shuningdek ularning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘liq ma’lumot berildi.

Aksariyat ushbu joyda yashayotgan yoshlar qilmishidan chin dildan pushaymon. Sog‘lom hayotga qaytishni ich-ichdan istashayotgani ma’lum bo‘ldi.

Jazoni ijro etish muassasasida yoshlar uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan. O‘ylaymizki, ochiq muloqotlar ularning dunyoqarashini sezilarli darajada o‘zgartiradi.



Ulashing:

E'lon