logo
. . .


Bugungi kun yetakchisi u har bir yoshning opasi, akasi, singlisi, ukasi, yaqin do‘sti, sirdoshi bo‘lishi lozim. 
Birdamlik, hamjihatlik – bu katta kuch!

Agar qo‘llarimizni musht kabi tugsak, uni biror qo‘shimcha barmoq yorib kirolmaydi... Mushtimiz ichidagi keraksiz “virus”ni esa birdamlikda siqib chiqarish oson bo‘ladi.

Namangan viloyatida norinlik yoshlar yetakchilari bilan bo‘lgan ochiq muloqotda yuqoridagi kabi so‘zlar qayta-qayta ta’kidlandi, da’vat etildi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi o‘rinbosari O‘tkir Ilhomovich ishtirokida o‘tkazilgan mazkur ochiq muloqotda boshlang‘ich tashkilot yetakchilari muammolari va takliflarini o‘rtaga tashlashdi.

Tuman yoshlarining quvonchu-tashvishlari haqida qayg‘urish mas’uliyatini zimmasiga olgan yoshlar yetakchilari birlashsagina, huddudda jinoyatchilik, huquqbuzarlik va boshqa maishiy muammolarning oldini olish mumkin bo‘ladi.

Shu bois, tumanda namuna tarzida norasmiy yoshlar yetakchilari Kengashini tuzish taklifi ilgari surildi.

Shuningdek, Ittifoqning Markaziy Kengashi tomonidan yetakchilar sodda va tushunarli tilda uslubiy qo‘llanmalar yetkazib berilishi hamda muntazam malaka oshirish kurslarini tashkil etilishi ma’lum qilindi.

Norinlik yetakchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olingan navbatdagi xabar — ya’ni, endilikda, respublikaning malalakali psixolog mutaxassislari har bir yetakchiga o‘ziga xos ko‘nikma berish uchun biriktiriladi. Psixologlar va Yoshlar yetakchilarining o‘zaro hamkorligi esa kutilgan natijani berishi shubhasiz.

Norinlik Yoshlar yetakchilari samimiy o‘tgan ochiq muloqot davomida tumanning yoshlar bilan ishlash tizimini respublika bo‘yicha namunali tashkil etishga va ommalashtirishga so‘z berishdi.

So‘z isbotini esa amaliy ishlarda kutamiz.



Ulashing:

E'lon