logo
. . .


Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining Xalqaro aloqalar, jamoatchilik bilan ishlash, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Kamoliddin Beknazarov yoshlarning muammolarini o‘rganish, ularni bartaraf etish, tizimning quyi bo‘g‘inlariga amaliy ko‘mak berish maqsadida Navoiy viloyatida o‘rganishlar olib bormoqda.

O‘rganish davomida rais o‘rinbosari, Navoiy viloyati Kengashi raisi, Navoiy shahar Kengashi raisi, Navoiy davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi, “Jasorat” klubi rahbari va a’zolari bilan birgalikda Navoiy shahrida joylashgan tungi klublar va kafe-barlarda reyd o‘tkazdi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, birgina Navoiy shahrida tashkil etilgan “Jasorat” klubiga bugun vaqtincha ishsiz, harbiy xizmatni o‘tagan 65 nafar yigitlar saralab olingan. Ular ayni kunlarda IIB profilaktika inspektorlariga biriktirilgan.

O‘tkazilgan reyd davomida nazoratsiz yurgan voyaga yetmagan yoshlar aniqlanmadi.

Biroq, o‘rganish davom etmoqda...



Ulashing:

E'lon