logo
. . .


Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi rahbariyatini bugun poytaxtdan topishning iloji yo‘q. Sababi, deyarli barchasi tizimning eng quyi bo‘g‘inlarida ish olib borishmoqda.

Jumladan, 4-6-yanvar kunlari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Dilnoza Kattaxanova boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari Sirdaryo viloyatining barcha tuman(shahar)larida jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi, ma’naviy-ma’rifiy masalalar borasida olib borilayotgan ishlar, yoshlar masalalari bo‘yicha mas’ul rahbar hodimlar hamda boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini o‘rgandi.

3 kun mobaynida joylardagi korxona-tashkilot va ta’lim muassasalaridagi jami 71 ta boshlang‘ich tashkilotlar hamda barcha mahalliy Kengashlar faoliyati tanqidiy-tahliliy o‘rganildi.

Barcha hududlarda kunning ikkinchi yarmida tashkil etilgan boshlang‘ich tashkilot Yoshlar yetakchilari hamda mahalliy Kengash hodimlari bilan bo‘lgan ochiq muloqotlarda jami 392 nafar boshlang‘ich tashkilot yetakchilari va 51 nafar Kengash xodimlariga ishchi guruh a’zolari tomonidan uslubiy va amaliy ko‘mak berildi.

Shuningdek, 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar orasida jinoyat sodir etgan, qilgan ishidan qattiq pushaymon bo‘lgan va to‘g‘ri yo‘lga qilgan, turar joyi hamda jazoni o‘tash muassasalarida ijobiy tavsiya olgan avf etilgan va kafillikka olingan yoshlar bilan suhbatlashildi.

Suhbat yakuniga ko‘ra, ularning qiziqishlaridan kelib chiqib tadbirkorlik faoliyatlarini boshlash uchun kredit olib berilishi yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Ishchi guruh a’zolari tomonidan o‘z joniga qasd qilib, omon qolgan 2 nafar yoshning xonadonlariga tashrif buyurildi. Psixologlar tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi. Suhbat davomida dunyoqarashida o‘zgarish sodir bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.

6 yanvar kuni esa Sirdaryo tumanida joylashgan Baxt o‘g‘il bolalar maxsus kolleji faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida 100 nafar kollej o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularga yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv sinf xonalari, yotoqxonalar ahvoli o‘rganildi.



Ulashing:

E'lon