logo
. . .


Respublika “Kamalak” bolalar tashkiloti bolalar badiiy guruhlari, bastakorlar va shoirlar o’rtasida “Kamalak” bolalar tashkiloti madhiyasini yaratish bo’yicha tanlov e’lon qiladi.

Talablar: 

Tanlovga faqatgina bolalar ijodiy guruhlari tomonidan tayyorlangan asarlargina qabul qilinadi. 

Yaratilgan asarlarda “Kamalak” bolalar tashkiloti, tinchlik, baxtli bolalik, vatanparvarlik va do’stlikni tarannum etuvchi so’zlardan foydalanish hamda asarga bastalangan kuy zamanoviylik va milliylikni uyg’unlashtirilgan ko’rinishida bo’lishi tavsiya etiladi.

Ijodiy ishlar: 2018-yilning 1-mart kuniga qadar qabul qilinadi.

G’olib deb topilgan asar O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan rag’batlantiriladi va davlat tadbirlarida ishtirok etish uchun tavsiyalar beriladi.

Batafsil ma'lumot uchun: +99899 8354074, +998977245556



Ulashing:

E'lon