logo
. . .


“Yoshlar - kelajagimiz” davlat dasturi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha bir qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda Qoraqalpog‘istondagi barcha shahar va tumanlarda uyma-uy yurib, yoshlarning muammo va takliflari o‘rganib chiqilmoqda. 

O‘rganishlar natijasida Amudaryo tumanida istiqomat qiluvchi Shahzod Azatbayev o‘z qishlog‘ida xizmat ko‘rsatish shahobchasini tashkil etadigan bo‘ldi.
" O‘tgan yili kollejni bitirdim. Bir yil ishsiz yurdim. Shu sabab Rossiyaga ishlagani ketmoqchi bo‘lib yurgan edim. "Yoshlar - kelajagimiz" davlat dasturi bo‘yicha Mang‘itdan ishchi guruh keldi. 50 mln so‘m kredit olmoqchiman. O‘zim bilan yana ikki do‘stimni ish bilan ta’minlayman. Agar menga kredit berish boshlansa, darrov ishni boshlab yuboraman" –  deydi Shahzod Azatbayev.

 



Ulashing:

E'lon