logo
. . .


Nodir Saidov, Yoshlar yetakchisi: “Endi tizimni tushuna boshlayapman, imkon berilsa, hammasini ”joyiga“ qo‘yaman...”

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish va jonlantirish bo‘yicha safarbarlik kunlari e’lon qilinganligi to‘g‘risida xabar bergan edik.

Bugun safarbarlik kunlari yuzasidan viloyat Ishchi guruhi Olot tumani Sanoat va transport kasb-hunar kolleji faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Afsuski, natija qoniqarli emas. Kollej o‘quvchilari bilan suhbatlashganimizda ularning Yoshlar ittifoqi, “Kamalak” bolalar tashkiloti to‘g‘risida yetarlicha ma’lumotga ega emasligi, a’zolik guvohnomalarining o‘z egalariga yetib bormaganligi, a’zolik to‘g‘risida so‘ralganida esa hamma bir-biriga yelka qisib qaraganiga guvoh bo‘ldik.

Kollej direktori tomonidan Boshlang‘ich tashkilot uchun yetarlicha shart-sharoit yaratib berilganiga qaramasdan, Yoshlar yetakchisi harakat qilmagan.

— To‘g‘ri, kamchiligim juda ko‘p, — deydi ta’lim muassasasining Yoshlar yetakchisi Nodir Saidov. — Endi tizimni tushuna boshlayapman. Barchasini o‘z o‘rniga qo‘yishga kuchim yetadi.

Tabiiyki, Yoshlar yetakchisi shu zaylda ishni olib boradigan bo‘lsa, tashkilotning maqsad va vazifalari, loyihalari faqatgina qog‘ozlarda qolib ketadi.

Kollejning atigi 421 nafar o‘quvchisiga tashkilotning maqsadini yetkaza olmagan Yoshlar yetakchisining keyingi faoliyatini kuzatamiz. Natija bo‘lmasa, afsuski, o‘rniga boshqa munosib nomzod saylashga to‘g‘ri keladi.

Maqsadimiz — har bir yosh o‘zi uchun mamlakatda qanday imkoniyatlar yaratilganini bilishi shart.



Ulashing:

E'lon