logo
. . .


Xabaringiz bor, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat kengashi va Markaziy harbiy okrugi tomonidan butun viloyat bo’ylab “Harbiy vatanparvarlik oyligi” start olganligini haqida axborot bergan edik.

Kuni-kecha ushbu oylik doirasida 5000 nafardan ortiq Kattaqo’rg’on shahar yoshlari uchun Mustaqillik maydonida “Armiya va yoshlar” festivali bo’lib o’tdi.

Festival doirasida 02855-harbiy qism xizmatchilari tomonidan korabinchilar guruhining ko’rgazmali chiqishi, harbiy texnika va qurol-aslahalar namoyishi hamda Kattaqo’rg’on garnizoni Ofitserlar uyi, shahar madaniyat bo’limining konsert dasturlari namoyish etildi.

— Men ushbu festival o’tazilayotganligi haqida ijtimoiy tarmoq hamda ommaviy axborot vositalaridan bilgan edim. To’g’risini aytsam, bizning qurolli kuchlarimiz naqadar qudratli ekanligini, harbiy soha naqadar sharafli kasb ekanligini angladim. Maydon bo’ylab yurtimiz bayrog’ini olib o’tishganida yuragim allaqanday hayajonga to’ldi, — dedi Dilshod Azizov.— Yuragimga tugdim. Men ham harbiy bo'laman.

Eslatib o'tamiz, ushbu oylik joriy yilning 15-dekabrdan kelgusi yilning 15-yanvariga qadar davom etadi.



Ulashing:

E'lon