logo
. . .


O'zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi, viloyat prokuraturasi, IIB, soliq boshqarmasi, O'rta maxsus, Xalq ta'limi boshqarmalari, "Mahalla" jamg'armasi bilan birgalikda Samarqand shahridagi tungi klub va internet kafelarda nazorat tadbirlari o'tkazdi.

Ishchi guruh Samarqand shahridagi “Kavalli”, “Diplomat”, “O’zbechka”, “Le Grand”, “Jungli” tungi klublariga bo‘lishdi. Ming afsuski, ushbu maskanlarda maqsadsiz yurgan voyaga yetmagan yoshlar borligi kishi dilini xira qildi.

Jumladan, “Kavalli” tungi klubida 1999, 1998, 1999-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar bemaza ishlar bilan shug‘ullanib o‘tirganligi aniqlandi. Mazkur fuqarolar Ishtixon qurilish kasb-hunar kollejida tahsil olishi ma’lum bo‘ldi. Ta’lim muassasining rahbariyati voqea joyiga chaqirtirildi va vaziyat bilan tanishtirildi.

Shuningdek, tungi klublarda 1998, 1998, 1998-yillarda tug‘ilgan qizlar va yigitlar ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxslar kuzatuvisiz yurganligi aniqlandi.

O‘rganish davomida mazkur klublardagi sanitariya holati umuman talabga javob bermasligi, shuningdek, ishchi xodimlar mehnat shartnomasini imzolamasdan faoliyat olib borayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Yoshlar o‘z uylariga olib borib qo‘yildi. Tungi klub rahbarlariga viloyat soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan tegishli tartibda choralar ko‘rilmoqda.



Ulashing:

E'lon