logo
. . .


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari O‘tkir Shukurovning Farg‘ona viloyati bo‘ylab o‘rganishlari davom etmoqda.

Bugun rais o‘rinbosari Uchko‘prik tumani sardorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Ularning takliflari va muammolarini eshitdi.

Tumandagi mahallalarda markaziy kutubxonalar tashkil etish, o‘quvchilarning hunar o‘rganishi uchun yetarli sharoitlar yaratish kabi 10 dan ortiq takliflar yuzasidan tuman ma’sullari bilan birgalikda aniq choralar ko‘rildi.

Jumladan, tuman Sardorlar Kengashi tomonidan tashkil qilingan teatr jamoasi uchun ovoz kuchaytirgich moslamasi ajratilishi belgilandi.

Shu yerning o‘zida Markaziy Kengash raisi o‘rinbosari tumandagi Yoshlar yetakchilari bilan uchrashdi.

Yetakchilarning mavjud muammolari, ular bilan ishlashda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar birgalikda muhokama qilindi.



Ulashing:

E'lon