logo
. . .


Avval xabar berganimizdek, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Murod Zufarov Buxoro viloyatining barcha hududlarida bo‘lib, tom ma’noda yoshlarning orzularida, tashabbuslarida, ba’zi armonlarida yashadi. Deyarli barcha Yoshlar yetakchilari, Sardorlar ishtirokida yakka va jamoa tartibda ochiq muloqotlar tashkil etdi.

Jumladan, Shofirkon tumani qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejida “Yangi yildagi rejalarda yoshlarning o‘rni” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Unda 64 nafar Yoshlar yetakchisi va 20 nafar tuman sardorlari ishtirok etdi. Seminar Sardorlar Kengashi a’zolari va Markaziy Kengash raisi o‘rinbosari, “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi Murod Zufarovning samimiy ochiq muloqoti bilan davom etdi.

Sardorlar bilan suhbat jarayonida yangi taklif va g‘oyalar dadil o‘rtaga tashlandi. Aytilgan har bir taklifni rais o‘rinbosari ma’qullab, ijrosini shaxsan nazorat qilishini ta’kidladi.

Ayniqsa, “Ma’naviy-ma’rifiy ba axloqiy ishlar” yo‘nalishi sardori Muhiddin Sultonov hamda “Matbuot” yo‘nalishi sardori Bekzod G‘afforovlarning takliflari barchaga ma’qul keldi. Unga ko‘ra, kelgusi haftada Shofirkon tuman Sardorlarining Samarqand shahriga sayohati tashkil etiladigan bo‘ldi.

Shuningdek, ishtirokchilarning “Kamalak” bolalar tashkiloti va Yoshlar ittifoqining maqsa, vazifalari aks etgan daftarlarni ishlab chiqarish, Sardorlar Kengashi Forumi va tumanning iqtidorli yoshlari ko‘rgazmasini tashkil etish bo‘yicha bildirgan takliflari ham bir ovozdan ma’qullandi.



Ulashing:

E'lon