logo
. . .


Andijon viloyati Shahrixon tumanida yana bir savobli ishga qo‘l urildi. “Har bir bolaga mehr va e’tibor” shiori ostida 4 nafar bolajonlarning xatna to‘ylari qilib berildi.

Shu bilan bir qatorda Shahrixon tumanidagi “Mingchinor” dam olish maskanida Shahrixon tuman hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Shahrixon tuman Kengashi hamda tuman Adliya boshqarmasi tomonidan 100 nafar boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bor yoshlarga bayramona dasturxon yozildi.

Tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan har bir bola tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Sog‘ligi bo‘yicha muammolari bor yoshlarga davolanish uchun yo‘llanmalar taqdim etildi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Shahrixon tuman Kengashi tomonidan 1 nafar bolaga nogironlik aravachasi taqdim etildi.



Ulashing:

E'lon