logo
. . .


Xabaringiz bor, bir guruh o‘zbekistonlik yoshlar Turkiya davlatida bo‘lib, ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy-siyosiy, yoshlar muammolari, ijtimoiy va ta’lim sohalaridagi o‘zgarishlar haqida muzokaralar, seminar va o‘zaro tarjiba almashish uchrashuvlarida ishtirok etib qaytishdi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Qashqadaryo viloyat Kengashi raisi Shomurod Sattorov ham delegatsiya a’zosi bo’ldi. Xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganib qaytgan viloyat yoshlari yetakchisining taassurotlari bilan qiziqdik:

– Safarimizning ilk daqiqalardanoq, tadbirkorlik faoliyati, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va ommaviy axborot vositalari kabi 3 guruhga bo‘lingan holda mashg‘ulotlarga kirishdik. Maqsad – o‘zaro tajriba almashish, istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va yurtimizga qaytganda hayotga tatbiq etishdan iborat edi.

Har bir guruhda muloqot anchayin jonli, tadqiqot ishlari, tashabbuslarni iqtisodiyotiga, real ijtimoiy hayotga yo‘naltirish, investitsiyalarni jalb etish, qo‘shimcha ishchi o‘rinlarini yaratish, eng asosiysi, aholi farovonligini ta’minlash nazarda tutilganligi e’tiborga molik jihat edi.

Tadbirlar doirasida yana bir muhim masala ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Turkiyadagi vakili saylandi. Turkiyada ta’lim olayotgan yoshlarimiz O‘zbekiston yoshlar umumjahon assotsiatsiyasining Turkiyadagi vakili etib Ergash Jumayevni saylashdi.

U Turkiya xalqaro bitiruvchi talabalar uyushmasi (Türkçesi Türkiye Uluslararası Mezunlar Derneği, TUMED) rahbari hamdir.

Shundan so‘ng, asli qashqadaryolik bo‘lgan Ergash Jumayevning hayotiy tajribalarini o‘zlashtirish va Turkiyada ta’lim sohasida olib borilayotgan jarayonlarni o‘rganishni o‘z oldimga maqsad qildim va muzokaralar olib bordim.

Yana bir quvonchli xabar shuki, Turkiya xalqaro bitiruvchi talabalar uyushmasi rahbari sifatida Ergash Jumayev hindistonlik do‘sti Noushad MK tomonidan chizilgan portretni barcha talabalar nomidan minnatdorchilik ramzi sifatida Turkiya Prezidentiga taqdim etganligi bo‘ldi.



Ulashing:

E'lon