logo
. . .


Dinimiz ta’limoti yalqovlik, boqimandalik kabi zararli illatlarni qat’iy qoralab, insonlarni halol rizq topish yo‘lida sa’y-harakat qilish va chin ixlos bilan mehnat qilib hayot kechirishga chorlaydi. Ajdodlarimizdan qolgan pandu-nasihat va o‘gitlarda barchani halol mehnat qilish, topilgan rizq-ro‘zni ko‘pchilik bilan birga baham ko‘rish, Alloh bergan hayot va ne’matlariga doim shukr aytish kabi solih amallarga chaqirilgan. Misol uchun “Mehnatning tagi rohat”, “Qo‘li ochiqning yo‘li ochiq”, “Shukri ko‘pning rizqi ko‘p” kabi ko‘plab purma’no hikmatlarni zikr etishimiz mumkin.

Yoshlarimiz orasida ham imkoniyati cheklangan bo‘lsada, ro‘zg‘orini halol mehnat bilan tebratib, birovga boqimanda bo‘lib yashashni o‘ziga or deb biladigan yigitlar bor. Navoiy viloyati, Navbahor tumanida yashovchi 28 yoshli Oybek Yo‘ldoshev 2010-yil baxtsiz hodisa tufayli ikki oyog‘idan ayrildi. Taqdirga tan bermay yashab kelayotgan oila boshlig‘i bugungi kunda mahallada mehnatsevarligi hamda tomorqadan foydalanish madaniyatini puxta bilishi bilan hurmat qozondi. Undan tashqari tijorat banklaridan kredit olib, parrandachilikni yo‘lga qo’ydi.

Eng quvonarlisi, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar uchun qurilayotgan uylardan unga ham nasib qildi. Bir nafar farzandning mehribon otasi – Oybekjonga “Shinam uylarda baxtli, xotirjamlikda yashang”, – deb niyat qilamiz.



Ulashing:

E'lon